
Chelsi klubining 18 yoshli futbolchisi Estevao Villian Braziliya terma jamoasi safida o‘zining beshinchi golini nishonladi. Bunga erishish uchun o‘sib kelayotgan iste'dod egasiga atigi 11 o‘yin kifoya qildi.
Bu ko‘rsatkich Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamalga (20 o‘yin) nisbatan deyarli ikki barobar kam, deya xabar beradi StatMuse. Qiziqarli tomoni shundaki, Vinisius Junior beshta golga Braziliya terma jamoasi safida 32-o‘yinda erishgan.
Hozirda u 25 yoshda va uning hisobida 45 o‘yinda atigi 8 ta gol bor. Estevao Yevropaga ko‘chib o‘tganidan keyingi ilk mavsumida Chelsi safida 16 o‘yinda to‘rt marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
18 yoshga to‘lgunga qadar u Braziliyada Palmeiras klubida to‘p surgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.