
Bavariya o'ng qanot himoyachisi Sasha Boe yaqin orada klubini o'zgartirishi mumkin. Myunxen klubi bosh murabbiyi Venan Kompani 25 yoshli futbolchiga unchalik ishonch bildirmayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Bavariya bu futbolchi bo'yicha takliflarni qabul qilishga tayyor, hattoki Boening agentlari allaqachon unga yangi ish beruvchilar qidirishni boshlashgan. Mashhur insayder Fabritsio Romano bergan ma'lumotga ko'ra, yaqinda Sasha Boening xizmatlari Italiyaning Yuventus klubiga taklif qilingan.
Qiziq fakt shuki, Boe yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin ham Yuventusga taklif qilingan, ammo o'sha vaqtda turinliklar bu imkoniyatdan voz kechishgan edi. Transfermarkt ekspertlari Sasha Boening transfer qiymatini 18 million yevroga baholashgan.
Bavariya uni 2024 yil boshida Galatasaraydan 30 million yevroga sotib olgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.