
Italiya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq himoyachisi Paolo Mal'dini Italiya chempionati poygasi haqida fikr bildirdi. U "Milan"ning imkoniyatlariga unchalik ishonmaydi.
Mal'dinining fikricha, hatto "Yuventus" ham A Seriya chempionligi uchun kuchliroq da'vogar bo'lishi mumkin. "Menimcha, chempionlik uchun kurashda "Inter", "Napoli" va "Yuventus" asosiy nomzodlar hisoblanadi.
Ammo agar "Milan" hozirgi sur'atini saqlab qolsa, u ham bu poygada ishtirok etishi mumkin", - deya Mal'dinining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o'tamiz, so'nggi marta "Yuventus" Italiya chempionligini 2020-yilda qo'lga kiritgan.
"Napoli" va "Inter" esa so'nggi besh mavsumning to'rttasida g'olib bo'lishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.