
Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasidagi raqobat haqida fikr bildirdi. Madridning "Real" klubi vakili Trent Aleksander-Arnold iyun oyidan beri "uch sherlar" safida maydonga tushmayapti.
27 yoshli futbolchi noyabr oylik yigʻinlarni ham oʻtkazib yubordi. Yaqinda Albaniya bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda oʻng qanot himoyasida Leverkuzenning "Bayer" klubi futbolchisi, ilgari "Liverpul"da oʻynagan Jarell Kuansa oʻrin oldi.
"Kuansa yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatidan keyin "Bayer" safida birorta ham oʻyinni oʻtkazib yubormadi. Hozirgi vaqtda u oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida bizning iyerarxiyamizda Trentdan yuqori oʻrinda turadi", – dedi Tuxel The Touchline nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Aleksander-Arnold va Kuansa joriy yil yozida "Liverpul"ni tark etishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.