Maldini Milan derbisi haqida fikr bildirdi

Milan klubining afsonaviy sobiq himoyachisi Paolo Maldini yaqinlashib kelayotgan "Milan" va "Inter" o'rtasidagi derbi haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Rossonerilar" va "Inter" jamoalari o'rtasidagi bahs yakshanba kuni A Seriyaning 12-tur doirasida bo'lib o'tadi.
"Menimcha, o'yin teng darajada o'tadi. So'nggi yillarda derbilar g'alati kechmoqda: biz "Inter"ga qatorasiga oltita yoki yettita o'yinda yutqazganmiz, ammo o'sha davrda chempion bo'ldik.
Keyinchalik ishlarimiz yomonlashganda, ularni doimiy ravishda mag'lub eta boshladik. Derbi butun mavsum taqdirini hal qilmaydi", – dedi Maldini Italiya OAVga bergan intervyusida.
Hozirda "Inter" 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda, "Milan" esa 22 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Menimcha, o'yin teng darajada o'tadi. So'nggi yillarda derbilar g'alati kechmoqda: biz "Inter"ga qatorasiga oltita yoki yettita o'yinda yutqazganmiz, ammo o'sha davrda chempion bo'ldik.
Keyinchalik ishlarimiz yomonlashganda, ularni doimiy ravishda mag'lub eta boshladik. Derbi butun mavsum taqdirini hal qilmaydi", – dedi Maldini Italiya OAVga bergan intervyusida.
Hozirda "Inter" 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda, "Milan" esa 22 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…