date

Jahon chempionati ishtirokchilarining ko'pchiligi ma'lum


Joriy haftada Yevropa saralash bosqichining so‘nggi o‘yinlari yakunlandi. Ularning natijasiga ko‘ra, Avstriya, Belgiya, Ispaniya, Shveytsariya va Shotlandiya terma jamoalari jahon chempionati final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.

UEFAga qarashli yana to‘rtta ishtirokchi mart oyida bo‘lib o‘tadigan pley-off uchrashuvlari orqali aniqlanadi. Hozirgi kunga kelib, mundialda qatnashadigan 39 ta jamoa ma’lum bo‘ldi.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha: AQSh, Kanada, Meksika, Avstraliya, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Jazoir, Kabo-Verde, Misr, Gana, Kot-d’Ivuar, Marokash, Senegal, Janubiy Afrika, Tunis, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Urugvay, Yangi Zelandiya, Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, Shveytsariya.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionati ishtirokchilarining ko'pchiligi ma'lum