date

Granit Jaka yana "Yuventus" nishonida


Angliyaning "Sanderlend" klubi yarim himoyachisi Granit Jaka yana "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Tuttosport nashrining ma'lumotiga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi 33 yoshli futbolchini o'z saflariga qo'shib olishni jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Klubning yangi bosh murabbiyi Luchano Spaletti jamoaning yarim himoya chizig'ini yanvar oyida kuchaytirishni rejalashtirmoqda va "qora mushuklar" sardori uning talablariga to'liq mos keladi. O'tgan yozda Jakaning "Yuventus"ga o'tishi borasida muzokaralar o'tkazilgan bo'lsada, transfer amalga oshmagan edi.

Endi esa "Sanderlend" futbolchi uchun taxminan 35 million yevro talab qilishi mumkin. Joriy mavsumda Granit Jaka 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Granit Jaka yana "Yuventus" nishonida