
“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta Lionel Messi sharafiga “Kamp Nou” stadioni yonida haykal o'rnatish rejasi haqida izoh berdi. “Haykal o'rnatish taklifi hali Messi oilasiga taqdim etilmadi.
Ammo haykal ham, Messi sharafiga bag‘ishlangan o‘yin ham albatta amalga oshiriladi”, — dedi Laporta, uning so‘zlarini Barca Universal nashri keltiradi. Ma’lumki, shanba kuni “Barselona” yangilanayotgan “Kamp Nou”da ilk o‘yinni o‘tkazadi.
Hozircha stadion taxminan 45 ming muxlisni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Stadionning to‘liq ochilishi esa kelasi yozga rejalashtirilgan bo‘lib, shu vaqtgacha barcha ishlar yakunlanadi.
Joriy yilning 22-noyabr kuni “Barselona”ning raqibi Bilbao shahri vakili “Atletik” klubi bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.