date

O‘zbekiston qaysi savatchada bo‘lishi haqida ikki ssenariy...

O‘zbekiston qaysi savatchada bo‘lishi haqida ikki ssenariy...

O‘zingiz bilasiz, 5-dekabr kuni Vashington shahrida tarixiy tadbir — Jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ilk bor mundialga yo‘llanma olgan O‘zbekiston terma jamoasi qayerdan joy olishi borasida turli fikrlar paydo bo‘lmoqda. Shu mavzuda futbolda tanilgan ekspert Alisher Nikimbayev o‘z qarashlarini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, hozircha FIFA qur’a o‘tkazishning yakuniy mexanizmini rasman tasdiqlamagan. Xalqaro tashkilot bir nechta variantlarni o‘rganib chiqmoqda va hozircha aniq qaror mavjud emas. Nikimbayev esa FIFA ishchi guruhi bilan bo‘lgan muloqotidan kelib chiqib, ikki ehtimoliy ssenariyni sharhlab berdi.

Birinchi variant — 2022 yilgi tartib saqlansa. Bu holda pley-offda g‘olib chiqqan jamoalar avtomatik ravishda 4-savatchaga joylashtiriladi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 3-savatchaning o‘rta qismida bo‘ladi. Ya’ni raqiblarimiz biroz kuchliroq bo‘lishi mumkin, ammo bu jamoamizning imkoniyatiga jiddiy ta’sir qilmaydi.

Ikkinchi variant — pley-offdagi eng yuqori reytingga qarab taqsimlash. Agar qaror shu tartib bilan tasdiqlansa, pley-offdan o‘tgan jamoalar o‘rtasida eng yuqori reytingga ega terma jamoa qayerdan joy olsa, qolganlari ham o‘sha tartibda joylashtiriladi. Bu ssenariyda O‘zbekiston 4-savatchaning bosh qismida bo‘ladi.

Ekspertning aytishicha, FIFAning o‘zi hozircha aniq javob bermagan:

“Qur’a mexanizmi ishlab chiqilmoqda, hali bir nechta variantlar muhokamada”, — deyishgan FIFAda.

Eng muhimi, rasmiy tartib tez orada e’lon qilinadi va shunda terma jamoamizning aniq qayerdan o‘rin olishi ma’lum bo‘ladi. Mundialga ilk qadam qo‘ygan jamoamiz uchun har bir detal muhim va Qur’a kuni ham muxlislar uchun katta ehtiros uyg‘otishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston qaysi savatchada bo‘lishi haqida ikki ssenariy...