
Barselona prezidenti Joan Laporta jamoa hujumchisi Lamin Yamal atrofidagi tanqid va muhokamalar haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Odamlar Lamin Yamalning Ispaniya terma jamoasi uchun yana oʻynamasligini muhokama qilishmoqda.
Biz bunga odatlandik. Agar Lamin bilan biror narsa yuz bersa, barcha ommaviy axborot vositalari uni haddan tashqari tanqid qiladi.
Ammo xuddi shunday holat boshqa futbolchi bilan sodir boʻlsa, hech kim bu haqda gapirmaydi", — dedi Laporta Barca Universal manbasiga koʻra. Eslatib oʻtamiz, Yamal noyabr oyidagi Ispaniya terma jamoasi oʻyinlarini tibbiy muolajalar tufayli oʻtkazib yubormoqda.
Joriy mavsumda 18 yoshli Yamal barcha turnirlar doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.