
Niklas Fyullkrugning "Vest Xem"dagi faoliyati yakunlanmoqda, endilikda esa nemis hujumchisi yangi jamoa qidirishga tushdi. Bu haqda Onefootball xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub 2024-yilda bu variantni ko‘rib chiqqan, biroq o‘shanda Tammi Abraxamga ustunlik berilgan edi.
Hozirda "Milan" hujumchilarining o‘yini bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirmoqda. Santyago Ximenes hali ham Italiya chempionatida gol ura olmayapti, bu esa hujum chizig‘ida Kristofer Nkunku va Rafael Leau kabi futbolchilardan foydalanishga olib keldi.
Bundan tashqari, "Milan" yozda erkin agent sifatida Robert Levandovski bilan shartnoma imzolashni ham rejalashtirmoqda. Niklas Fyullkrug joriy mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.
32 yoshli futbolchi so‘nggi bir oy davomida jarohat sababli safdan chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.