
Biz avvalroq "Barselona"ning "Real" ustidan Madridda yirik gʻalaba qozongan oʻyiniga 20 yil toʻlgani haqida xabar bergan edik. Oʻsha oʻyin Ronaldinyo faoliyatidagi eng yaxshi oʻyinlardan biri boʻlib, unda u ikkita gol urgan va "Santyago Bernabeu" stadionidagi muxlislarni uning oʻyiniga qarsak chalishga majbur qilgandi.
Mazkur gʻalabani yodga olish uchun "Barselona" oʻsha oʻyinga bagʻishlangan maxsus futbolka chiqardi. Ushbu futbolkada oʻsha oʻyinda gollar urilgan daqiqalar - "14", "58" va "77" raqamlari aks ettirilgan.
Shuningdek, futbolkadagi chiziqlar shakli dizaynerlar gʻoyasiga koʻra, oʻsha uchrashuvda urilgan uchta golning toʻp harakat trayektoriyalarini aks ettiradi. Futbolka taqdimotida erkaklar jamoasi oʻyinchilari bilan bir qatorda "Barselona"ning ayollar jamoasi futbolchilari ham ishtirok etishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.