
Lionel Messining "Barselona"ga futbolchi sifatida qaytish ehtimoli juda past bo'lsa-da, matbuotda bu mavzu tez-tez ko'tarilib turadi. "El Nacional" nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi marketing mutaxassislari argentinalik yulduzning qaytishi jamoaga qancha moliyaviy foyda keltirishi mumkinligini hisoblab chiqishdi.
Manbaga ko'ra, vaziyat quyidagicha baholanmoqda:
• "Barselona" bir mavsum davomida Messi orqali taxminan 200 million yevro (joriy kurs bo'yicha taxminan 2,8 trillion so'm) daromad olish imkoniyatiga ega;
• Sakkiz karra "Oltin to'p" sohibining tijoriy qiymati va brend kuchi hamon juda yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Yaqinda Leo Messi "Kamp Nou" stadionida tushgan suratini e'lon qilib, muxlislarni hayratda qoldirgan edi. Biroq, futbolchining kelajagi hozircha AQSH bilan bog'liq. 38 yoshli hujumchi kuz oylarida "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasini 2028 yilning oxirigacha uzaytirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.