
PSJ prezidenti Nasser al-Xelayfi jamoa himoyachisi Ashraf Hakimi haqida fikr bildirdi. 27 yoshli marokashlik futbolchi "PSJ" safida muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazganidan so‘ng Afrikaning yilning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotiga daʼvogar bo‘lmoqda.
"Men Hakimini dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb hisoblayman. U Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib, o‘tgan mavsumda mislsiz yutuqlarga erishdi.
Ashraf — PSJ yetakchisi va Marokash terma jamoasi sardori. Men undan juda faxrlanaman", — dedi al-Xelayfi taqdirlash marosimida.
O‘tgan yili Ashraf Hakimi Afrikaning "Oltin to‘pi" mukofotida Ademola Lukmanga imkoniyatni boy bergan holda ikkinchi o‘rinni egallagan edi. PSJ 2024/25-yilgi mavsumni Yevropa Chempionlar Ligasi va Fransiyadagi barcha musobaqalarda g‘olib sifatida yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.