date

Bolgariya futbolining yoʻqotilgan avlodi


Bolgariya terma jamoasi futbolchisi Filip Kristev JCh saralash bosqichining yakunlariga munosabat bildirdi. Uning jamoasi 6 oʻyindan faqat bittasida gʻalaba qozonib, 3 ochko bilan guruhda soʻnggi oʻrinni egalladi.

"Men "Slaviya"da, eng yaxshi akademiyalardan birida oʻqigan paytimda, bir necha bor murabbiy bilan faqat djetbol oʻynaganman, chunki men ertalab mashgʻulot oʻtkazib, soʻng maktabga ketadigan yagona bola edim", - deydi Kristev gong.bg saytiga bergan intervyusida. "Bizning ovqatlanishimiz, jismoniy tayyorgarligimiz haqida hech kim qaygʻurmagan.

Boshqa mamlakatlarda, hatto murabbiylari biznikidan koʻra professional boʻlmasa ham, ular yosh sportchilar haqida yaxshiroq gʻamxoʻrlik qiladilar. Bu avlod, undan oldingisi va keyingisi - yoʻqotilgan avlodlar." "Bizda katta isteʼdodlar bor edi, ammo notoʻgʻri tashkilot va korrupsiya tufayli futbolimiz hozirgi darajadadir.

Bu bizning aybimiz emas, chunki bizga rivojlanish imkoniyati berilmadi." Bolgariya terma jamoasi ketma-ket 21 yildirki yirik turnirlarga yoʻl ololmayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bolgariya futbolining yoʻqotilgan avlodi