date

Akandji "Inter"da kelajagini ko'ryaptimi?


Markaziy himoyachi Manuel Akandji hozirda "Manchester Siti" klubidan ijara asosida Milanning "Inter" jamoasida to'p surmoqda. Kelishuvga ko'ra, "neradzurri" uni sotib olish imkoniyatiga ega, ammo hozircha bu imkoniyatdan foydalanish-qilmasligi noma'lum.

"Men "Inter"da uzoq muddatli kelajagimni tasavvur qila olamanmi? Shunday bo'lishiga umid qilaman.

Qanday mavsum o'tishini ko'rib chiqamiz, shundan so'ng klub bilan birgalikda qaror qabul qilamiz. Hali aniq emas, barchasi mavsum natijalariga bog'liq.

Ammo hozirda Milanda o'zimni baxtli his qilyapman", – dedi 30 yoshli shveysariyalik futbolchi SportMediaset bilan suhbatda. Manuel Akandji "Inter" safida bosh murabbiy Kristian Kivu qo'l ostida barcha musobaqalarda 13 o'yinda maydonga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Akandji "Inter"da kelajagini ko'ryaptimi?