date

Eze Azarni sevimli futbolchisi deb atadi


Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze o‘zining sevimli futbolchisi sifatida Eden Azarni ko‘rsatdi. Belgiyalik sobiq vinger 2012 yildan 2019 yilga qadar "Chelsi" safida to‘p surgan va 2023 yilda Madridning "Real" klubidagi muvaffaqiyatsiz to‘rt mavsumdan so‘ng faoliyatini yakunlagan.

"16-17 yoshimdan boshlab, Azarning o‘yinini kuzatishni yaxshi ko‘rardim. Uning o‘yinida nima alohida edi?

Erkinlik. U maydonda kerakli paytda nimani to‘g‘ri deb bilsa, o‘shani qilar edi.

U fikrlamasdan o‘zini ifoda qilardi. Men uchun u eng zo‘ri," – deya Eze so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Eberechi Eze joriy yilning avgust oyida "Kristal Pelas"dan "Arsenal"ga o‘tgan edi. Transfer narxi qariyb 70 million yevroni tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eze Azarni sevimli futbolchisi deb atadi