date

Italiya va boshqa jamoalar pley-off raqiblarini bilishdi


FIFAning Tsyurixdagi bosh qarorgohida 2026-yilgi Jahon chempionati (UEFA zonasi) uchun pley-off o‘yinlarining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, qolgan to‘rtta yo‘llanma uchun har biri bitta yo‘llanmani taqdim etuvchi to‘rtta guruh aniqlandi.

Quyida qur’a natijalari bilan tanishing. Yo‘l A: Yarim final: Italiya – Shimoliy Irlandiya Uels – Bosniya va Gersegovina Final: Uels / Bosniya va Gersegovina – Italiya / Shimoliy Irlandiya Yo‘l B: Yarim final: Ukraina – Shvetsiya Polsha – Albaniya Final: Ukraina / Shvetsiya – Polsha / Albaniya Yo‘l C: Yarim final: Turkiya – Ruminiya Slovakiya – Kosovo Final: Slovakiya / Kosovo – Turkiya / Ruminiya Yo‘l D: Yarim final: Daniya – Shimoliy Makedoniya Chexiya – Irlandiya Final: Chexiya / Irlandiya – Daniya / Shimoliy Makedoniya Yarim final o‘yinlari 26-mart kuni, final esa 31-mart kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Italiya va boshqa jamoalar pley-off raqiblarini bilishdi