
Sobiq "Liverpul" futbolchisi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoasida to'p surayotgan Sadio Mane "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin bo'lgan vaqtni esladi. Senegallik futbolchi "qizil iblislar" safiga "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tishidan avval qo'shilishi mumkin edi, biroq bu transfer amalga oshmagan.
"Menga "Manchester Yunayted"dan qo'ng'iroq qilishdi, Lu van Gal bilan gaplashdim. Jamoada Runi, Di Mariya, Depay bor edi.
Ular meni qo'lga kirita olmagach, Marsiyalni sotib olishdi. Men ulardan so'radim: "Runi, Depay, Di Mariya va van Persi bor ekan, men qayerda o'ynayman?" Menga doimiy ravishda maydonga chiqish muhim edi," - deydi 33 yoshli futbolchi The Touchline nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Sadio Mane "Sautgempton"dan "Liverpul" safiga 2016 yilda o'tgan va olti yil davomida jamoada o'ynaganidan keyin "Bavariya"ga transfer qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.