
Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida toʻp surayotgan hujumchi Sadio Mane oʻz faoliyatidagi eng yaxshi besh futbolchini tanlab, orzular jamoasini tuzdi. Rio Ferdinand bilan boʻlgan intervyusida senegallik futbolchi Virjil van Deyk va vatandoshi Kalidu Kulibalini ajratib koʻrsatdi.
Shuningdek, "Liverpul" sobiq futbolchilari Filippe Koutinyo va Roberto Firmino ham roʻyxatdan oʻrin oldi. Albatta, hozirgi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu ham eʼtiborsiz qoldirilmagan.
Ammo Mohamed Saloh ushbu roʻyxatda tilga olinmadi. Sadio Mane 2016 yildan 2022 yilgacha "Liverpul" safida oʻynadi.
Keyin esa "Bavariya"ga koʻchib oʻtdi. Myunxen klubida bir yil oʻtkazgan yulduz hujumchi "Al-Nasr"ga oʻtdi va hozirgacha mazkur jamoada oʻynashda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.