date

Leau: "Allegri menga erkinlik berdi"

Leau: "Allegri menga erkinlik berdi"
Portugaliyalik hujumchi, Italiya klubi "Milan" futbolchisi Rafael Leau yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirib berdi. Leauning so‘zlariga ko‘ra, Allegri unga maydonda ijodiy erkinlikni taqdim etgan.

"U mendan ko‘p narsani talab qilmaydi. Shunchaki, 'sen erkinsan' dedi.

Bu men uchun eng muhimi. U to‘p bilan va to‘psiz qanday o‘ynashimni yaxshi biladi.

Allegri xuddi otadek, u o‘z o‘g‘liga sevimli ishi bilan shug‘ullanishiga yordam beradi va barcha sharoitlarni yaratib beradi. Men Milan klubida u bilan birga ishlashdan xursandman", - deya Leauning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Ta'kidlash joizki, portugaliyalik futbolchi "Milan" tarkibida 2019 yildan beri toʻp surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Leau: "Allegri menga erkinlik berdi"