date

De Zyerbi: Ochko yigʻishimiz kerak


Marsel bosh murabbiyi Roberto de Zyerbi Fransiya chempionatining oʻn uchinchi turida boʻlib oʻtadigan safar uchrashuvi oldidan matbuot anjumani oʻtkazdi. Unda uning shogirdlari Nitstsa jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Har doim barcha frontlarda 100% harakat qilish kerak. Biz barcha musobaqalarda oxirigacha borishni xohlaymiz.

Faqatgina jarohatlangan futbolchilar meni tashvishga solmoqda. Ammo, jarohatlarga qaramasdan, biz ochkolarni qoʻlga kiritib, yaxshi oʻyin koʻrsatishimiz lozim", — deydi De Zyerbi RMC Sportga bergan intervyusida.

Mazkur uchrashuvda Nayef Agerd, Amir Murilo va Pyer-Emil Xoybyerg ishtirok etmaydi. Soʻnggi toʻrt oʻyinni oʻtkazib yuborgan sardor Leonardo Balerdi esa oʻyinga qaytdi.

"Marsel" jamoasi 25 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Peshqadam PSJ esa ulardan ikki ochkoga oldinda.

"Nitstsa" 17 ochko bilan toʻqqizinchi oʻrinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » De Zyerbi: Ochko yigʻishimiz kerak