
Lamin Yamal noyabr oyida Ispaniya terma jamoasiga qoʻshilmadi. Futbolchi qovurgʻa sohasidagi davomiy muammoni bartaraf etish uchun "Barselona"da qoldi va tiklanish jarayonini davom ettirdi.
Ushbu qaror Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan norozilik bilan qabul qilindi. "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik esa yana bu masala boʻyicha oʻz fikrini bildirdi.
"Federatsiyaning norozilik bayonoti haqida nima deya olasiz?" degan savolga u shunday javob berdi: "Bu bizning qarorimiz edi, va bu masala shu bilan yopildi. Lamin bizning futbolchimiz va biz uning sogʻligʻini birinchi oʻringa qoʻyamiz.
U terma jamoaga bormaslik va "Barselona"da qolish qaroridan soʻng oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi." Flikdan, "Bu masalani yuqori darajada hal qilish kerakmi yoki murabbiylar oʻzaro gaplashishi lozimmi?" deb soʻrashdi. U esa quyidagicha javob berdi: "Hozir biz kelgusi toʻrt hafta ichida oʻtkaziladigan toʻqqizta oʻyinga diqqatni qaratganmiz.
Bu bizning vazifamiz. Atrofimizdagi shovqin haqida tashvishlanmoqchi emasman.
Laminning biz bilan birga mashgʻulotlarda boʻlishi meni xursand qiladi."
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.