
Fransiya chempionati Liga 1ning 13-turida "Nissa" va "Marsel" jamoalari o'yin o'tkazdi. "Marsel"ning hujumkor o'yini "Nissa"ni mag'lubiyatga uchratdi va bu natija ularni musobaqa jadvalining birinchi pog'onasiga olib chiqdi.
O'yin 11-daqiqadayoq "Marsel"ning ustunligi bilan boshlandi: Benjamin Pavar burchak toʻpidan uzatmani bosh bilan yoʻlladi, ammo toʻpni Pyer-Emerik Obameyang oyogʻi bilan darvozaga yoʻnaltirdi. 33-daqiqada Meyson Grinvud jarima maydonchasidan zarba berdi va toʻp himoyachi orqali yoʻnalishini oʻzgartirib, gol boʻldi – 0:2.
Ikkinchi bo'lim boshida Grinvud uzoq masofadan yana bir chiroyli gol urdi – 0:3. 58-daqiqada Obameyang Timoti Vea uchun qulay pas uzatib, u hisobni 0:4 ga yetkazdi.
"Nissa" 63-daqiqada Mohamed-Ali Sho orqali prestij golini kiritdi – 1:4. Ammo "Marsel" yana bir bor xujum qildi va Obameyangning pasini Igor Payshao golga aylantirdi – 1:5.
Ushbu yirik g'alaba "Marsel"ni Liga 1 yetakchisiga aylantirdi, "PSJ" esa ikkinchi o'ringa tushib qoldi. "Nissa" esa o'zining 9-o'rnida qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.