Yosh o‘zbekistonlik shaxmatchi Osiyoda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailandning Bangkok shahrida 8–18 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan 27-Osiyo chempionati boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham faol ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida rapid yo‘nalishida ishtirok etgan 12 yoshli hamyurtimiz Orijat Obidjonov yuqori natija qayd etdi. U 7 turda 6 ochko to‘plab, o‘z toifasida 1-o‘rinni egalladi va Osiyo chempioniga aylandi.
Endilikda Orijat standart va blits yo‘nalishlarida ham ishtirok etadi. Yosh sportchimizning bu yutug‘i O‘zbekiston shaxmat maktabining xalqaro maydondagi yutuqlaridan yana biri bo‘ldi.





























Izohlar 0
…