date

Luis Dias "Bavariya" tarixidan joy oldi

Luis Dias "Bavariya" tarixidan joy oldi
Bavariya klubi vingeri Luis Dias Germaniya futbolidagi faoliyatini ajoyib tarzda boshladi. Kolumbiyalik futbolchi joriy yilning yozida "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tganidan so'ng, darhol o'z mahoratini namoyish etdi.

Squawka ma'lumotlariga ko'ra, Bundesliga doirasidagi dastlabki 10 uchrashuvda Bavariya safida Diasdan ko'proq samarali harakat qilganlar faqat Garri Keyn (20) va Miroslav Kloze (13) bo'lgan. Diasning hisobida 10 samarali harakat, jumladan 6 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

28 yoshli futbolchi joriy Germaniya chempionatida Venstan Kompani boshchiligidagi jamoada muvaffaqiyatli o'ynab kelmoqda. "Liverpul"ning sobiq yulduzi uchun Myunxen klubi 70 million yevro to'lagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Dias "Bavariya" tarixidan joy oldi