
Polshalik jurnalist Sebastyan Stashevskiy yozgan yangi kitobda keltirilishicha, «Barselona» 2022/23 yilgi mavsum oxirida Robert Levandovskidan gol urishni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab — agar hujumchi 25 tadan ortiq gol ursa, klub «Bavariya»ga 2,5 million yevro (taxminan 2,7 million dollar) bonus to‘lashi kerakligi bilan izohlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, La Liga chempionligi qo‘lga kiritilgach, Levandovskiy mashg‘ulotdan keyin rahbariyat ishtirokidagi uchrashuvga chaqirilgan. U yerda futbolchiga oxirgi o‘yinlarda gol urishni cheklash bo‘yicha kutilmagan taklif bildirilgan.
Stashevskiyning ta’kidlashicha, Levandovskiy professional faoliyatida birinchi marta bunday iltimosni eshitgan va bunga hayron bo‘lgan. Klub esa bu chorani moliyaviy vaziyat bilan bog‘lagani aytiladi.
Natijada, hujumchi so‘nggi ikki turda gol ura olmadi va mavsumni 23 ta gol bilan yakunladi. Kitobga ko‘ra, shu orqali «Barselona» bonus to‘lashdan qochib qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.