
Slovakiya milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi Franchesko Kaltsona Jahon chempionati pley-off bosqichidagi qur'a natijalari bo‘yicha fikr bildirdi. Slovakiya jamoasi mart oyida Kosovo termasiga qarshi maydonga tushadi.
"Kosovo futbol borasida o‘sib borayotgan va oldinga siljiyotgan jamoa. Ular o‘z yo‘lini tanladi va unga qat’iy amal qildi.
Endi esa bu mehnatning dastlabki samarasini ko‘rishyapti", dedi Kaltsona "Telegrafi" nashriga bergan intervyusida. "Saralash o‘yinlarida ular Shvetsiya va Sloveniya ustidan g‘alaba qozonishdi, Shveysariya bilan o‘z maydonida durang o‘ynashdi.
Biz o‘z maydonimizdagi ustunlikdan foydalanishga harakat qilishimiz kerak. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Kosovo – kuchli va safarda ham xavfli raqib", deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
Ushbu juftlik g‘olibi pley-off finalida Turkiya yoki Ruminiya bilan o‘ynaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.