Shevchenko Allegri haqida: U kutilgan natijani beradi

Andrey Shevchenko Massimiliano Allegri haqida ijobiy fikrlar bildirdi. U Allegriyni tajribali murabbiy sifatida ta'rifladi va uning o'yin uslubi samarali ekanini ta'kidlab o'tdi. Allegri boshqaruvida 'Milan' jamoasi A Seriyada uchinchi o'rinda turibdi.

Milan sobiq futbolchisi Andrey Shevchenko "rossoneri" jamoasining bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida fikr bildirdi. "Allegri – tajribali murabbiy va o'ziga xos xususiyatlarga ega.
U futbolchilarni yaxshi boshqaradi va sinovdan o'tgan o'yin uslubiga ega. Uni tanlagan paytingizda, qaysi natijani olishingizni bilasiz: u kutilgan natijani beradi", – deydi mutaxassis Calcio Mercato nashriga.
Italiyalik murabbiy bu yil yozda "Milan" boshqaruviga keldi. Uning qo'l ostida jamoa A Seriyada 11 turda 22 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Yakshanba kuni "Milan" safarda "Inter" bilan derbida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.































Izohlar 0
…