
Angliya Premer-ligasining 12-turida "Chelsi" safarda "Byornli"ga qarshi o'yinda ishonchli g'alabaga erishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Chelsi oʻyinchilari bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirdi.
37-daqiqada Jeymi Bayno-Gittens qanotdan aniq uzatma amalga oshirdi va Pedro Netu "baliqcha" usulidagi bosh zarbasi bilan darvozani ishgʻol qildi (0:1). Ikkinchi bo‘limda Pedro Netu yana bir bor imkoniyat yaratdi, ammo uning zarbasi toʻsinga tegdi.
Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Mark Giu Enso Fernandesga aniq pas uzatdi va Fernandes yaqin masofadan darvozani ishgʻol qildi (0:2). Ushbu gʻalabadan soʻng "Chelsi" turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib, "Arsenal"dan uch ochko ortda qoldi.
"Byornli" esa toʻrtinchi oʻrindan pastga tushib qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.