
Italiya A Seriyasining 12-turida "Kalyari" va "Jenoa" jamoalari bir-biriga qarshi oʻta qiziqarli uchrashuv oʻtkazdi. Oʻyin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida mehmonlar safidagi Vitor Oliveyra hisobni ochdi - 0:1. Bunga mezbonlarning futbolchisi Jennaro Borrelli bosh bilan kiritgan goli bilan javob qaytardi.
Birinchi taym yakunida "Jenoa" futbolchisi Leo Estigor jamoasini oldinga olib chiqdi, biroq "Kalyari" oʻyinchisi Sebastyano Esposito hisobni tenglashtirdi - 2:2. Ikkinchi taymning 60-daqiqasida Borrelli yana bosh bilan gol urib, "Kalyari"ni oldinga olib chiqdi - 3:2.
Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Kaleb Ekuban ofsayd tufayli goliga ega chiqolmadi, ammo "Jenoa" futbolchisi Aaron Karikol jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi - 3:3. Oʻyin oxirida "Jenoa" futbolchisi Bruk Norton-Kaffi ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Mazkur durangdan soʻng "Kalyari" A Seriyada 14-oʻrinda bormoqda, "Jenoa" esa soʻnggi uchlikdan joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.