
Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Real" Madrid hamda "Malaga" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.
Unda 2:1 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida Toni Kroosning to‘p uzatishidan so‘ng Serxio Ramos o‘z uslubida, ya’ni boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘lim oxirlab qolgan bir vaqtda Toni Kroos jarima zarbasini ijro etdi, Ramos esa to‘pni darvoza tomon burib yubordi va ikkinchi golini nishonladi. Uchrashuvning 63-daqiqasida Xuanpi Anor hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa "Real" navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi va etakchilikni yanayam mustahkamladi.
Ispaniya chempionati, 19-tur
Real Madrid – Malaga 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 35 Ramos, 2:0 – 43 Ramos, 2:1 – 63 Anor.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo (Isko, 25), Nacho, Ramos, Modrich (Kovachich, 78), Kazemiro, Kroos, Vaskes, Ronaldu, Benzema (Morata, 82).
Malaga – Kameni, Vilyanueva, Luis, Rosales, Xuan Karlos (Demichelis, 73), Kamacho, Resio, Fornals, Anor, Chori Kastro (Xoni Rodriges, 67), Penyaranda (Santos, 79).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Xuan Karlos (39), Kamacho (78), Santos (85), Vaskes (85).
Manba: www.fut.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar