Zaxaryan "Real Sosyedad"ning gʻalabasiga hissa qoʻshdi

Zaxaryan "Real Sosyedad"ning gʻalabasiga hissa qoʻshdi
La Liga 13-turi doirasida "Real Sosyedad" jamoasi mehmon boʻlib, "Osasuna"ga qarshi maydonga tushdi. Oʻyinning 42-daqiqasida "Osasuna" burchak toʻpidan soʻng Alejandro Katena bosh bilan gol urib, hisobni ochdi — 1:0.

Mehmonlar esa tez orada hisobni tenglashtirishdi. Rikoshet sabab Brais Mendes gol kiritib, natijani 1:1 koʻrinishga olib keldi.

59-daqiqada basklar hujumchisi Gonsalu Gedesh ajoyib zarba yoʻllab, "Real Sosyedad"ni oldinga olib chiqdi — 1:2. Tez orada Arsen Zaxaryan Ander Barrenetxea bilan almashtirildi.

Almashtirilgan futbolchi oʻyinda ikki xavfli vaziyat yaratdi. Birinchi zarbasi aniq boʻlmagan boʻlsa-da, 82-daqiqada u darvozabon ustidan toʻpni oshirib, hisobni 1:3 koʻrinishga keltirdi.

Yakuniy daqiqalarda "Osasuna" oʻyinchisi Inyigo Argibide qoʻpollik sabab qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Mazkur oʻyindan soʻng "Osasuna" quyi ligaga tushib ketish zonasidan bir ochko yuqorida joylashgan boʻlsa, "Real Sosyedad" liga jadvalida toʻqqizinchi oʻrinni boʻlishmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar