date

Valverde: Yamal Messidan yaxshiroqmi? Faqat vaqt ko'rsatadi


Bilbao "Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Barselona" vingeri Lamin Yamal Lionel Messidan yaxshiroq futbolchi bo'la oladimi, degan savolga o'z munosabatini bildirdi. "Men buni bilmayman.

Faqat vaqt bu savolga javob bera oladi. Laminning imkoniyatlari juda yuqori.

Messi ko'p yillar davomida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lib, buni har bir o'yinda isbotlagan. Lamin esa hali o'z yo'lini endigina boshladi.

U juda yosh va oldinda ulkan kelajak kutmoqda", – dedi Valverde "Barca Universal" saytiga bergan intervyusida. Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2000 yildan 2021 yilgacha klub tizimida faoliyat yuritgan.

Lamin Yamal ham "La Masia" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 16 yoshli vinger barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Valverde: Yamal Messidan yaxshiroqmi? Faqat vaqt ko'rsatadi