date

Napoli Atalantani magʻlub etib, peshqadam boʻldi


A Seriyaning 12-turi doirasida "Napoli" oʻz maydonida "Atalanta"ni qabul qildi. Mehmon jamoa soʻnggi oʻyinlarda gʻalabani unutib, turnir jadvalining quyi qismiga yaqinlashib qoldi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Rasmus Hoylund toʻpni David Neresga uzatib berdi va braziliyalik hujumchi imkoniyatni golga aylantirdi — 1:0. 38-daqiqada Skott Maktominayning pasidan keyin Neres yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qildi — 2:0.

Birinchi boʻlimning soʻnggi daqiqasida Jovanni Di Lorenso aniq uzatma bilan Noah Langni toʻp bilan taʼminladi va u bosh bilan darvozani ishgʻol qildi — 3:0. Ikkinchi boʻlim boshida Maktominayning jarima zarbasi darvozabon tomonidan qaytarildi.

52-daqiqada esa "Atalanta" sharaf goli kiritdi. Gianluca Skamakka chiroyli zarba bilan hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirdi.

Mazkur gʻalabadan soʻng "Napoli" turnir jadvalida uchlik peshqadamlarini ortda qoldirib, birinchi oʻringa koʻtarildi. "Atalanta" esa 13-oʻrinda qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli Atalantani magʻlub etib, peshqadam boʻldi