date

Napoli Konte haqidagi mish-mishlarga javob berdi


Napoli sport direktori Jovanni Manna bosh murabbiy Antonio Kontening isteʼfosi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Shanba kuni neapolliklar oʻz maydonida "Atalanta"ni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Oʻyindan avval ommaviy axborot vositalarida murabbiyning klub rahbariyati va jamoa futbolchilari bilan kelishmovchiligi haqida gap-soʻzlar tarqaldi. Bunga Kontening jamoa tarkibi va baʼzi futbolchilarning oʻz ishiga boʻlgan munosabatiga nisbatan keskin fikrlari sabab boʻlgan edi.

"Baʼzi narsalar shunchaki sensatsiyaga aylantiriladi, lekin bu odatiy hol. Hatto murabbiyning isteʼfosi haqida ham gapirildi, lekin Konte faqat jamoaning darajasini koʻtarish maqsadida signal berdi, va men buni yomon deb hisoblamayman.

Biz doimo bir tomonda boʻlganmiz. Bizning umumiy qadriyatlarimiz bor va biz buni oʻtgan va hozirgi mavsumda ham namoyon etdik.

Hammasi yaxshi", – dedi Manna Sky Sportga bergan intervyusida. 25-noyabr, seshanba kuni Napoli Chempionlar Ligasi doirasida Qarabogʻga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli Konte haqidagi mish-mishlarga javob berdi