
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk “Nottingem Forest”ga qarshi omadsiz o'yindan so'ng fikr bildirdi. Arne Slot boshqargan jamoa o'z maydonida 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
“Har bir futbolchi o'ziga nazar tashlab, xatolar ustida ishlashi kerak. Ko'p mehnat qilish va oldinga intilish zarur.
Men bu klubda uzoq yillardan beri o'ynayapman va biz bunday qiyinchiliklarni ko'p bora boshdan kechirganmiz. Biz albatta qaytamiz, lekin bu bir kechada bo'ladigan ish emas.
Men taslim bo'ladiganlardan emasman”, – deydi van Deyk BBCga bergan intervyusida. Mazkur mag'lubiyatdan so'ng “Liverpul” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 11-o'ringa tushib ketdi.
Keyingi turda Slot jamoasi “Vest Xem”ga qarshi safarda bahs olib boradi. O'yin kuzning so'nggi kunida bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.