date

Gvardiola "Siti"ning kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng nimalar dedi?

Gvardiola "Siti"ning kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng nimalar dedi?

APLning 12-turida «Manchester Siti» safarda «Nyukasl»ga taslim bo‘ldi, shu o‘yindan so‘ng Pep Gvardiola odatdagidek vaziyatni xotirjam va tahlilli tarzda izohladi. Uning ta’kidlashicha, jamoa o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda maydonda bor kuchini ishlatdi, ammo xalqaro tanaffusdan keyin o‘yin tempini to‘liq tiklash oson kechmaydi.

Mutaxassisga ko‘ra, o‘yin yuqori sur’atlarda o‘tgan va har ikki jamoa ham prinsipial daqiqalarda gol urish imkoniyatlariga ega bo‘lgan. Biroq «Siti» qator vaziyatlardan foydalanib keta olmadi — bunda raqib himoyasining qattiqligi va markazdagi keskinlik ham ta’sir ko‘rsatdi.

Gvardiola ayniqsa darvozabon Janluiji Donnarummani alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik posbon jamoani bir necha bor aniq goldan saqlab qolgan va o‘yindagi eng muhim qutqaruvlar aynan unga tegishli bo‘lgan.

«Ikkinchi bo‘limda vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, ammo ularni golga aylantira olmadik. Bunday paytda futbol qonun-qoidasi ishga tushadi — sen ishlata olmagan imkoniyatni raqib ishlata oladi. Huddi shu narsa sodir bo‘ldi», — dedi Pep.

Mag‘lubiyatga qaramasdan, murabbiy mavsum oldida katta yo‘l turganini aytib, jamoaga ishonishini ta’kidladi. «Siti» hozir 22 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, «Nyukasl Yunayted» 15 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.

Gvardiolaning fikricha, bu natija jamoaning ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilmaydi — aksincha, keyingi o‘yinlarga yanada jiddiy tayyorgarlikka chorlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola "Siti"ning kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng nimalar dedi?