
Fransiya chempionatining 13-turida amaldagi chempion "PSJ" "Gavr" ustidan 3:0 hisobida yirik gʻalaba qozondi. Mazkur oʻyindan soʻng Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrike oʻz fikrlarini bildirdi.
"Raqibimiz yaxshi oʻyin koʻrsatdi va koʻproq narsaga loyiq edi. Oʻyin oson kechmadi.
Milliy jamoalarning oʻyinlari uchun tanaffuslar har bir futbolchiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Biz uchun qiyin boʻldi, chunki "Gavr" toʻpni ajoyib tarzda nazorat qildi va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi", - deya Enrikening soʻzlarini keltiradi Lequipe.
Mazkur gʻalabadan soʻng Parij klubi 30 ochko jamgʻardi va Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "PSJ" eng yaqin taʼqibchidan ikki ochko oldinda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.