
Angliyaning "Everton" klubi Italiyaning "Bolonya" jamoasi hujumchisi Santiago Kastroga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Everton" rahbariyati qishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va shu bois "Bolonya" klubiga Kastro transferi bo‘yicha rasmiy taklif qilishni mo‘ljallamoqda. Ma’lum qilinishicha, Italiya klubi 21 yoshli argentinalik futbolchini 35 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Joriy mavsumda Kastro barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "Bolonya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.