
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Lennart Karl argentinalik afsonaviy hujumchi, “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi bilan solishtirilganiga munosabat bildirdi. “Messi choʻqqida, menga esa hali uzoq yoʻl bor.
Messi mening idealim. Men oʻzimni Messi bilan solishtira olmayman, bu butunlay boshqa daraja”, - deydi Karl “Bild” nashriga bergan intervyusida.
17 yoshli futbolchi oʻz mahoratini rivojlantirishda davom etsa, Messining darajasiga yetishi mumkinligini qoʻshimcha qildi. Joriy mavsumda Lennart Karl 15 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali nemis futbolchisini 20 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.