
Liverpul futbolchisi Federiko Kʻyeza boshqa klubga oʻtishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar davom etmoqda. Xabarlarga koʻra, yanvar oyida italiyalik va ingliz klublaridan "qizillar"ga vingerni ijaraga olish boʻyicha takliflar tushishi mumkin.
Ammo insayder Fabritsio Romano maʼlumotiga koʻra, hozircha Kʻyezaning oʻzi jamoada qolishni rejalashtirmoqda. Shunga qaramay, manba taʼkidlaydiki, 28 yoshli futbolchining rejasi oʻyin amaliyotining yoʻqligi yoki hujum chizigʻiga yangi futbolchi, masalan, "Bornmut"dan Antuan Semenyoning qoʻshilishi sabab oʻzgarishi mumkin.
Yakuniy qaror yanvar oyida qishki transfer oynasi yakuniga yaqin qabul qilinadi. Hozircha esa Kʻyeza "qizillar" safida oʻz oʻrnini saqlab qolish uchun kurashni davom ettirishni xohlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.