Betis Isko bilan shartnomani uzaytirdi

Betis Isko bilan shartnomani uzaytirdi
Betis rasmiy veb-sayti orqali Isko bilan tuzilgan shartnomani uzaytirganini ma'lum qildi. Yangi kelishuv 2028-yil yozigacha amal qiladi.

33 yoshli Isko avval Madriddagi Real jamoasida o'ynagan va Ispaniya terma jamoasi a'zosi bo'lgan. U 2023-yilning yozida Betisga erkin agent sifatida qo'shilgan edi.

Jamoa safida u 69 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma amalga oshirgan. Joriy mavsumda esa yarim himoyachi jarohati tufayli hali maydonga tushmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar