
56 mamlakat vakillari yig‘ilgan yirik kongressda xalqaro boks olami uchun juda muhim qarorlar qabul qilindi. Har yilgi anjuman sport siyosati, olimpiya tizimidagi o‘zgarishlar va tashkilotning kelgusi yo‘nalishlarini belgilab beruvchi asosiy maydon sifatida taniladi. Bu safar ham voqealar shiddat bilan rivojlandi: qatnashchi mamlakatlar tashkilotni yanada kuchaytirish, uning nufuzini oshirish va kelajak rejalarni mustahkamlash maqsadida bir qator masalalarni muhokama qildi.
Kun tartibining eng muhim qismi — World Boxing rahbarligi uchun saylov bo‘ldi. Natijada boks olamining e’tirof etilgan qahramoni, o‘z vaqtida ringdagi mahorat bilan millionlab muxlislarni zabt etgan Gennadiy Golovkinning nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Yig‘inda qatnashgan barcha mamlakat vakillari uning nomzodiga qarshi emas, balki yakdil tarafdorlik bildirdi. Bu esa Golovkinning nafaqat sportchi, balki rahbar sifatida ham yuqori ishonchga ega ekanini ko‘rsatdi.
Ma’lumki, World Boxing — 2023-yil aprelidan beri faoliyat yuritib kelayotgan, o‘zini mustaqil va shaffof tashkilot sifatida namoyon qilayotgan xalqaro boks strukturasi. Uning asosiy maqsadi olimpiya boksini saqlab qolish, rivojlantirish va uni siyosiy ta’sirlardan holi holda boshqarishdir. Golovkin esa ushbu tashkilotda avval Olimpiya qo‘mitasi raisi sifatida ishlab, uning ichki tizimi, vazifalari va muammolari bilan bevosita tanish bo‘lgan.
Endilikda u yanada yuqori lavozim — World Boxing rahbarligiga kirishmoqda. Muttaxassislar fikricha, Golovkinning bu bosqichdagi ishtiroki tashkilot nufuzini kuchaytirishi, yangi hamkorliklar paydo bo‘lishi va olimpiya boksini yanada barqaror rivojlantirishga katta turtki berishi mumkin.
Kongressda ishtirokchilar uning professional tajribasi, nufuzi va xalqaro maydondagi obro‘si boks sportiga yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, Golovkinning rahbar sifatida saylanishi bugungi boks olami uchun eng to‘g‘ri qadamlardan biri bo‘ldi.
Yangi rahbarning oldida katta maqsadlar, jiddiy o‘zgarishlar va kuchli jamoalar bilan hamkorlik qilish vazifasi turibdi. Boks olami yangi bu davrdan katta umid qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.