Real Oviedo va Rayo Valyekano durang o'ynadi

La Liganing 13-turi doirasida "Real Oviedo" o'z maydonida "Rayo Valyekano"ni qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
17-daqiqada Ilyas Chayra gol urish imkoniyatini qo'ldan boy berdi, Salomon Rondon esa ofsayd tufayli golini yo'qotdi. Santi Kasorla jarima zarbasidan to'pni darvoza ustuniga urdi.
53-daqiqada Ilyas Chayra qo'pol harakati uchun qizil kartochka oldi. Tez orada Xorxe de Frutos penaltini qo'lga kiritdi, ammo Isi Palason bu imkoniyatni darvozabonga yutqazib qo'ydi.
Unai Lopesning jarima maydonchasidan tashqaridan yo'llagan zarbasi yana ustunga tegdi. 90-daqiqada esa Pate Siss qo'pol o'yini sababli qizil kartochka oldi.
Mazkur natijadan so'ng "Real Oviedo" jamoasi turnir jadvalining so'nggi pog'onasida qolmoqda, "Rayo Valyekano" esa 9-o'rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing