date

Arteta Ezening het-trigi haqida fikr bildirdi


“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Tottenhem”ga qarshi derbida (4:1) het-trik qayd etgan Eberechi Eze haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 27 yoshli ingliz futbolchisi 41, 46 va 76-daqiqalarda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

U Shimoliy London derbilarida het-trik amalga oshirgan tarixdagi to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi. “Bu fakt derbilarda gol urish naqadar qiyin ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.

Ammo, ochig‘i, bugun Eze to‘rt yoki beshta gol urishi ham mumkin edi. U o‘zgacha futbolchi, o‘yinda sehrli onlarni yaratishga qodir”, – dedi Arteta intervyusida.

“Yozda Andreya Berta ajoyib ish qildi [Ezeni transfer qilib], chunki hozir bizda muhim futbolchilarning bir qismi yetishmayapti. Yaxshiyamki, yaqinda Martinelli va Madueke safga qaytishdi”, – deb qo‘shimcha qildi murabbiy.

Eberechi Ezening hisobida “kanonirlar” safida 16 ta o‘yinda 5 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta Ezening het-trigi haqida fikr bildirdi