date

Arteta: 6 ochkolik farq hali hech narsani anglatmaydi


Yakshanba kuni "Arsenal" derbida "Tottenhem"ni yirik hisobda, 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu gʻalaba tufayli "kanonirlar" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yaqin taʼqibchisi "Chelsi"dan 6 ochkoga oldinga oʻtdi.

Hozirda mavsumda hali 26 tur oʻyinlari bor. Shunga qaramay, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta oʻzining matbuot anjumanida bu holat haqida xulosa qilishga hali erta ekanligini taʼkidladi.

"– Siz jadvalda 6 ochkolik farq bilan yetakchisiz. Bu nimani anglatadi?" – degan savolga Arteta qisqa javob berdi: "– Bu liga sharoitida?

Deyarli hech narsani." 26-noyabr kuni "Arsenal" Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi oʻynaydi, 30-noyabr kuni esa aynan "Chelsi" bilan uchrashuv oʻtkazadi. Eslatib oʻtamiz, "kanonirlar" oxirgi marta Angliya chempionligini 2004-yilda qoʻlga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta: 6 ochkolik farq hali hech narsani anglatmaydi