date

Lill Parijni gol yomgʻirida magʻlub etdi


Fransiya Liga 1 musobaqasining 13-turida "Lill" klubi "Parij"ga qarshi maydonga tushib, qiziqarli va sermahsul oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyin 11-daqiqada "Parij"ning hisobni ochishi bilan boshlandi.

Vensan Marketti uzoq masofadan zarba yoʻllab, toʻpni ustunga urdi, Willem Jebbel esa qaytgan toʻpni darvozaga joyladi — 0:1. Biroq tanaffusga yaqin, "Lill" safidan Romen Peroning uzatmasini Olivier Jiru muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Ikkinchi bo‘limda, 77-daqiqada Olivier Jiru penalti ishlatib, "Lill"ni oldinga olib chiqdi — 2:1. Oradan bor-yoʻgʻi uch daqiqa oʻtib, Aissa Mandi bosh bilan gol urib, hisobni 3:1 koʻrinishga olib keldi.

84-daqiqada esa Marketti oʻrniga maydonga tushgan Loann Duse darhol oʻzini koʻrsatib, hisobni 3:2 koʻrinishda oʻzgartirdi. Ammo soʻnggi daqiqalarda Markus Broxolm penalti orqali "Lill"ning toʻrtinchi golini urib, yakuniy hisobni oʻrnatdi — 4:2.

Mazkur gʻalabadan soʻng, "Lill" turnir jadvalida toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi, "Parij" esa 12-oʻrinda qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lill Parijni gol yomgʻirida magʻlub etdi