
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Elche"ga qarshi o'yinda (2:2) Vinisius Juniorning asosiy tarkibda boshlamaganiga izoh berdi. Braziliyalik hujumchi maydonga faqat 57-daqiqada chiqib, o'z vatandoshi Rodrigo oʻrnini egalladi.
"Biz o'yindan oldin hammasini muhokama qildik. Vinisius o'z rolini tushunadi va zaxiradan maydonga tushgandan keyin ham jamoaga foyda keltirishi mumkinligini biladi.
U jamoa uchun muhim futbolchi", – dedi Alonso The Touchline nashriga. "Qirollik klubi"ning gollari esa Din Xoysen va Jud Bellingem tomonidan 78 va 87-daqiqalarda kiritildi.
Shu hafta, 26-noyabr kuni "Real" Chempionlar Ligasi doirasida safarda "Olimpiakos"ga qarshi o'ynaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.