date

Mikel Merino derbida yana ajoyib oʻynadi


“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Tottenhem”ga qarshi oʻyinda (4:1) Mikel Merinoning harakatlarini yuqori baholadi. Ispaniyalik yarim himoyachi hujumchi pozitsiyasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

U 36-daqiqada Leandro Trossarga golli uzatma berdi va bu derbida hisob ochilishiga sabab boʻldi. “Merino yana ajoyib oʻyin koʻrsatdi.

Biz undan hujumchi sifatida oʻynashni soʻrayapmiz, garchi bu uning odatiy pozitsiyasi boʻlmasa ham. U hujumchi sifatidagi koʻplab vazifalarni uddalashi kerak.

Mikelnning aqlli oʻyinlari, mehnatsevarligi va jamoadoshlariga yordam berish istagi tahsinga sazovor. Bu yana bir ishonchli oʻyin boʻldi va u ishonchimizni oqlashda davom etmoqda”, – deydi Artetaning soʻzlarini jurnalist Konor Hamm keltiradi.

“Arsenal” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va “Chelsi”dan olti ochko oldinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mikel Merino derbida yana ajoyib oʻynadi